London klublari "RB Leyptsig"ning 19 yoshli himoyachisi uchun kurash boshlashdi

  • 05.02.2019 16:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi himoyachisi Ibrohim Konate "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “kanonirlar” 19 yoshli frantsiyalik futbolchini ko‘z sotilariga olib qo‘yishgan. Tez orada ular Konatening o‘yinlarini yaqindan kuzatish uchun o‘z skautlarini Germaniyaga yuborishadi.

Qayd etish lozimki, Konate uchun “Arsenal” yagona da’vogar emas, unga shuningdek Londonning boshqa bir klublari – “Chelsi” va “Vest Xem” ham kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Konate joriy mavsum “RB Leyptsig” safida jami 27ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 18 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!