Lopetegi "Real"dan ketar chog‘ida nimalar dedi?

  • 30 oktabr, 2018, 11:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Real”dan iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Xulen Lopetegi ketar chog‘ida jamoa rahbariyati, futbolchilar va muhlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

“Real” klubi boshqaruv kengashining qaroridan so‘ng jamoa rahbariyatiga menga imkon berganligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Futbolchilarning sa’y-harakatlari va mehnatlari uchun, shuningdek o‘tgan qisqa davr mobaynida men bilan birga faoliyat yuritgan barcha xodimlarga rahmat aytaman. Va albatta, meni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga o‘z uchun minnatdorchiligimni bildiraman. Ularga mavsumning qolgan qismida omad tilayman”, - deydi 52 yoshli mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi “Real”da bor yo‘g‘i 137 kun ishladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!