Lopetegi Ronalduga yalinmaganini aytdi

  • 5 sentabr, 2018, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoaning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni "Yuventus"ga o‘tmaslikka ko‘ndirishga urunmagani haqida gapirib o‘tdi.

“Men Ronaldu bilan gaplashmadim. Men jamoaga kelgan paytim Ronaldu “Real”dan ketishga qaror qilib bo‘lgandi. “Real” esa uning qaroriga qarshi chiqmadi.

Kelishim bilan menga jamoada kimlar kerakligini aytganman. Men shakllantirgan jamoa eng zo‘ri deb hisoblayman. Menda ajoyib futbolchilar bor va ular bemalol sovrinlar uchun kurash olib bora olishadi”, - deydi Lopetegi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi “Real”dagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng 117 mln evro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!