Loran Blan "Oltin to‘p"ga munosib futbolchi kimligini aytdi
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Loran Blan o‘zining bu yilgi “Oltin to‘p” sovrini kimga berilishi kerakligi haqida fikrini bildirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra bu safargi sovrin “Real” Madrid klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varanga nasib etishi kerak. Chunki, aynan u joriy yil Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida g‘olib chiqqan yagona futbolchi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” sovrini g‘olibi joriy yilning 3 dekabr kuni e’lon qilinadi.
Fikrlar