Loris kechirim so‘radi
Londonning "Tottenxem" klubi va Frantsiya terma jamoasi posboni Ugo Loris mast holda mashina haydagani uchun barchadan uzr so‘radi.
“Men oilam, jamoam, murabbiylar, jamoadoshlarim va barcha muxlislardan chin yurakdan kechirim so‘rayman. Alkogol ta’sirida avtomobil haydash mutlaqo noto‘g‘ri. Men buning uchun javobgarlikni to‘li o‘z bo‘ynimga olaman. Bu men boshqalarga namuna qilib ko‘rsatadigan narsa emas”, - deydi frantsiyalik posbon.
Fikrlar