Lovren: Frantsuzlar futbol o‘ynashmadi, ular shunchaki o‘z imkoniyati kelishini poylashdi
Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Deyan Lovren kecha JCh-2018 finalida Frantsiyaga (4:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra ushbu o‘yinda raqib nohaq g‘alaba qozondi.
“Biz Frantsiyadan yaxshiroq o‘ynadik. Ular futbol o‘ynashmadi. Shunchaki o‘z imkoniyatlari kelishini poylashdi va gol urishdi. Ularda faqat bitta taktika mavjud edi va ular butun musobaqani aynan shu taktikada o‘tkazishdi”, - deydi Lovren.



Fikrlar