
Luis Enrike: 2015 yilgi "Yuventus" bilan hozirgisini solishtirib bo‘lmaydi
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Yuventus” bilan bo‘ladigan EChL 1/4 final bahsi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U 2015 yilgi finaldagi raqib bilan hozirgisini taqqoslash mumkin emasligini ta’kidlab o‘tdi.
– “Yuventus”ning statistikalari hayron qoldiradi. Ammo bizning yaxshi o‘ynashimiz kerakligi haqidagi fikrimiz o‘zgarmagan. Hozirgi “Yuventus” 2015 yildagiga nisbatan kuchlimi yoki yo‘q, buni bilmayman, ammo nima bo‘lganda ham biz kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz, – deydi Enrike.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Barselona” bahsi 23:45da start oladi.
Fikrlar