Luis Enrike bugunoq "Chelsi" ustoziga aylanishi mumkin
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, “Chelsi” bugun bosh murabbiy Antonio Konteni o‘z lavozimidan chetlatishi mumkin. Bu haqida The Guardian nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar rahbariyati jamoaning ko‘rsatayotgan natijalaridan norozi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, oxirgi uchrashuvlarda “aristokratlar” (“Bornmut” (0:3); “Uotford” (1:4) mag‘lubiyatga uchrashgan.
Ma’lumot o‘rnida, Konte lavozimidan ozod etilsa, “Chelsi”ni “Barselona” sobiq ustozi Luis Enrike boshqarishi mumkin.



Fikrlar