Luka Modrich: Hozir “Oltin to‘p” meni umuman qiziqtirmayapti, chunki...
Madridning “Real” klubi hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich ayni paytda “Oltin to‘p” haqida umuman o‘ylamayotgani haqida aytib o‘tdi.
“Hozir “Oltin to‘p” meni umuman qiziqtirmayapti. Chunki oldinda bizni jahon chempionati finali kutib turibdi va mening bor e’tiborim faqat mana shu o‘yinga qaratilgan. Frantsiya – har tomonlama eng kuchli raqib. Umid qilamanki bu safar ham g‘alaba qozonishga kuchimiz etadi”, - deydi Modrich.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Real” bilan birga Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar