Luka Modrich: Moskvada ochko yo‘qotamiz deb o‘ylamagan edik

  • 3 oktabr, 2018, 06:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich TsSKAga qarshi (0:1) kechgan EChL 2-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Moskvada ochko yo‘qotamiz deb o‘ylamagan edik. Hozirgi vaqtda kiyinish xonasida muhit yaxshi emas, albatta. Ammo boshni ko‘tarib, oldinga harakat qilishda davom etish va yo‘lga tushib olish lozim.

So‘nggi uch o‘yinda, ayniqsa “Sevilya” va TsSKA bilan bahsda o‘z darajamizdan ancha past harakat qildik. Uch o‘yinda ketma-ket gol urmasang, xavotirga tushasan. Biroq ishonchim komilki, ushbu vaziyatdan chiqib keta olamiz.

Nega birinchi daqiqalardan maydonga tushmadik? Murabbiy tig‘iz taqvim tufayli biroz dam olishim kerakligini aytgan edi. Zaxirada o‘tirishim oldindan hal qilingandi, lekin o‘yin davomida meni maydonga tushirishdi”, – dedi Modrich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!