
Luninga yangi jamoasida sevimli raqamini berishmadi
Yaqindagina “Real”dan "Leganes"ga ijaraga o‘tgan darvozabon Andrey Luninga o‘zining sevimli 99-raqamida o‘ynashga ruhsat berishmadi.
Berilgan xabarlarga qaraganda ispan klublarining asosiy jamoasi 1dan 25gacha bo‘lgan raqamda to‘p surishi lozim. Biroq, tarkibdagi 23 yoshdan kichik bo‘lgan futbolchilar 25-raqamdan yuqorisini tanlash huquqiga egalar. Shu bois Lunin o‘ziga 29-raqamni tanladi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” ushbu 19 yoshli ukrainalik posbonni joriy yoz “Zarya” klubidan 8 million evro evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar