MYu De Xea bilan kelishuvni uzaytiradi
"Manchester Yunayted" yaqin vaqt ichida David de Xea bilan shartnomani uzaytiradi, deya xabar beradi BBC nashri.
27 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi kelishuvi kelasi yili yakuniga etadi va jamoa rahbariyati yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
MYuning baxtiga Tibo Kurtua "Chelsi"dan "Real"ga o‘tdi. Madrid klubi ancha vaqt de Xeani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi va hattoki, o‘tgan mavsum transfer deyarli amalga oshgan vaqtda "Real" buni rasmiylashtirishga kech qoldi.



Fikrlar