MYu Pol Pogbani sotmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogbani sotmoqchi emas, deya xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Manbada yozilishicha, mankunianliklar ishrochi direktori Ed Vudvord Pogbaning jamoada etakchi bo‘lishiga ishonmoqda, shuning uchun yanvar va yozdagi barcha transfer takliflariga rad javobi beriladi.

Avvalroq MYu futbolchining Joze Mourino bilan munosabatlari yomonlashgani uchun uni sotmoqchi ekanligi aytilgan edi. Biroq endi murabbiy iste’foga chiqarildi. Pogba esa shundan so‘ng ikkita o‘yinda 2 gol va yana shuncha golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Pogba “Manchester Yunayted”ga 2016 yil yozida “Yuventus”dan 105 mln evro evaziga o‘tgan. Bu Angliya futboli tarixida rekord transfer bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!