MYu o‘z tarkibini "Borussiya D" himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Mark Bartra mana shu yozda “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

AS nashrining xabar berishicha, “qizil iblislar” bu borada nemis klubiga rasmiy taklif tayyorlamoqda. “MYu” bosh murabbiyi Joze Mourinoning fikricha, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi uning o‘yin uslubiga to‘liq mos keladi.

Ma’lumot uchun, Bartra yakunlangan mavsum Bundesliganing 19ta uchrashuvida maydonga tushgan va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!