"MYu" qanday bo‘lmasin Neymarni qo‘lga kiritmoqchi

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yozgi transfer davrida "Barselona" hujumchisi Neymarni sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan.
Jamoaning asosiy hujumchisi Zlatan Ibragimovich uzoq muddatga safdan chiqqanidan so‘ng mankuanliklar o‘z hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan. Daily Record nashrining xabar berishicha "MYu" hali Neymarga rasmiy taklif bilan murojaat qilmagan, ammo "qizil iblislar" braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun kataloniyaliklarga shartnomada qayd etilgan tovon pulini to‘lashga tayyor. Aytish lozimki gap 200 mln evro atrofida ketmoqda.
Bundan tashqari "MYu" 25 yoshli futbolchining maosh borasidagi har qanday hoxishini ijobat qilishga tayyor. Neymarning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!