Magomed Ibragimovda mag‘lubiyat, Bekzod Abdurahmonov AQSh vakiliga qarshi bahc olib boradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatining -97 kg vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasidagi bahslari davom etmoqda.

Ushbu vazn toifasida chorak final bosqichida hamyurtimiz Magomed Ibragimov armanistonlik Georgi Ketoevga qarshi gilamga ko‘tarildi. Biroq, ushbu bellashuvda sportchimiz raqibiga 12:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va oltin medal uchun kurashdan chiqdi.

Shuningdek, -74 kg vazn toifasidagi sportchimiz Bekzod Abdurahmonovning yarim finaldagi raqibi nomi ham aniq bo‘ldi. Polvonimiz ushbu bosqichda AQSh vakili Jordan Burrousga qarshi bahs olib boradi.

Qayd etish lozim, Abdurahmonov ushbu sportchi bilan 2016 yilda Rio olimpiadasida bahs olib borgandi va ushbu bellashuv 11:1 hisobida hamyurtimizning foydasiga hal bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!