Mahmud Muradov navbatdagi jangini ham nokaut bilan yakunladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Mahmud Muradov kecha Chexiyaning Praga shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

“O2” arenasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda unga polshalik Grjegorj Sivi raqiblik qildi va muddatidan oldin nokautga uchradi. Mazkur mag‘lubiyat sportchining professional faoliyatida to‘rtinchisi bo‘ldi. Bungacha uning hisobida 10 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bor edi.

Mahmud Muradov oldingi jangini 7 oktyabr kuni Plzen shahrida “X Fight Nights 12” turniri doirasida o‘tkazib, bolgariyalik Deyan Topalskini (16−6) ham nokautga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyun kuni bo‘lgan braziliyalik Devid Ramiresga qarshi revansh jangidan so‘ng Mahmud “XFN” versiyasi bo‘yicha chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!