Maks Xollouey zarbalariga Joze Aldo dosh bera olmadi
AQShning Detroyt shahrida UFCning yarim engil vazn toifasida amerikalik Maks Xollouey chempionlik kamarini himoya qildi. U Chempionlik kamariga davogarlik qilayotgan braziliyalik Joze Aldoga qarshi jang o‘tkazdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda amaldagi chempion Xollovey raqibiga qator zarbalar yo‘lladi. Aldo bu zarbalarga dosh bera olmayotganini payqagan hakam bellashuvni tugatib, Maksning g‘alabasini e’lon qildi.

Fikrlar