Malayziya. Shoahmedovning jamoasi amaldagi chempion bilan durang o‘ynadi

Hamyurtimiz Sanjar Shoahmedov faoliyat olib boradigan "Terengganu" klubi bu tur o‘z maydonida amaldagi chempion - "Joxor Darul Tazim" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuv jangovar durang natija bilan nihoyasiga etdi - 2:2. Shoahmedov odatdagidek bellashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Bugungi o‘yindan so‘ng "Terengganu" hisobidagi ochkolar soni 2 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Malayziya Superligasi. 3-tur

"Terengganu" - "Joxor Darul Tazim" 2:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!