Malkomning agenti: "Barselona"da unga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berishmayapti

  • 12 oktabr, 2018, 14:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Bordo”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan braziliyalik futbolchi – Malkomning agenti Junior Mingella mijozi yangi jamoasida u qadar baxtli emasligi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Har bir yangi futbolchi kelgan jamoasiga moslashishi kerak. Lekin, muvaffaqiyatga ko‘nikib ketish uchun unga kerakli o‘yin amaliyoti berilishi kerak, bu esa Malkomda yo‘q. Agar unga imkoniyat berishmasa, bunday vaziyatda u qanday qilib “Barselona”da o‘ynashga loyiq ekanligini isbotlay oladi? Garchi bu holat Malkomga yoqmayotgan bo‘lsa ham, u bor kuchi bilan harakat qilmoqda”, - deydi agent.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Malkom joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda 25 daqiqa harakat qildi holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!