"Manchester Siti" "Bavariya" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

  • 04.01.2019 19:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi "Atletiko" Madrid himoyachisi Lukas Ernandes uchun kurashga qo‘shildi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” 22 yoshli frantsiyalik futbolchini mavsum yakunlangach, ya’ni yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Ernandes “Bavariya” bilan kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Lukas Ernandes joriy mavsum “Atletiko” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan, tovon puli esa 80 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!