"Manchester Siti" Bravoning o‘rniga braziliyalik darvozabonni sotib oladi
Avval xabar berganimizdek Portugaliyaning “Benfika” klubida to‘p suruvchi 23 yoshli darvozabon Ederson Moraes faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishi mumkin.
A Bola nashrining xabar berishicha “shaharliklar” braziliyalik golkiperni yozgi transfer davrida sotib olshni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash kerakki Moares “Siti”da o‘yini qovushmayotgan Klaudio Bravoni almashtiradi. Xabarlarga qaraganda “Benfika” Braziliya terma jamoasi darvozaboni uchun “Manchester Siti”dan 30 million evro talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Benfika” Edersonni 2015 yilda 500 ming evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Iqtidorli darvozabon ushbu mavsum 14ta uchrashuv o‘tkazdi va shularning 9tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.

Fikrlar