
“Manchester Siti” simulyant bilan shartnomani uzaytirdi
“Manchester Siti” jamoasi rahbariyati klub hujumchisi Raxim Sterling bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tomonlar 2023 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvni rasmiylashtirishdi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sterling yangi shartnoma asosida haftasiga 300 ming funt sterling ishlaydi.
Ma’lumot uchun, Sterling 2015 yildan buyon “shaharliklar” safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda hujumchi APLning 33 o‘yinida maydonga tushib, 18 ta gol va 15 ta golli pasga mualliflik qilgan.
Fikrlar