"Manchester Yunayted" Angliya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi
"Lester" klubi himoyachisi Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Goal.com internet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar 25 yoshli futbolchi uchun “tulkilar”ga 73 million evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Maguayr yaqindagina nihoyasiga etgan JCh-2018 o‘yinlarida Angliya terma jamoasi safida o‘zini har tomonlama namoyish eta oldi va terma jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Fikrlar