"Manchester Yunayted" De Xeaga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 03.11.2018 09:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa darvozaboni David De Xea bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti va shu bois ham uning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborishdi.

Talk Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar ayni damda "Brayton" posboni Metyu Rayanni ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli darvozabon joriy mavsum “Brayton” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va ushbu o‘yinlarda o‘z darvozasidan 13ta gol o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq De Xea yozda "Yuventus"ga o‘tishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!