"Manchester Yunayted" Evertonni qo‘lga kiritmoqchi

  • 16 noyabr, 2018, 21:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, ingliz klubi skautlari ayni vaqtda Braziliyada bo‘lib turishibdi va uning o‘yinlarini kuzatib borishmoqda. "Manchester Yunayted" Everton uchun 34 mln evro to‘lashga tayyor. Aslida esa uning shartnomasida tovon puli sifatida 60 mln evro ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek u "Manchester Siti"ning qiziqish doirasida bo‘lib turibdi.

Tecno

Ma’lumot uchun, 22 yoshli hujumchi bu mavsum "Gremio" safida barcha musobaqalarda jami 36 bahsda maydonga tushdi va 15 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avgust oyida esa Tite uni Braziliya milliy terma jamoasiga taklif etgan edi. O‘shanda yosh iqtidor egasi AQSh (2:0) va Salvadorga qarshi kechgan bellashuvlarda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!