"Manchester Yunayted" Marsyalni yana bir mavsum o‘z safida olib qolmoqchi

  • 20.10.2018 18:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" rahbariyati frantsiyalik forvard Antoni Marsyalni jamoada olib qolish yo‘llarini izlamoqda.

Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar buning uchun 22 yoshli futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan banddan foydalanib, kelishuvni yana bir yilga uzaytirishmoqchi. Qayd etish lozimki, Marsyalning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Marsyalning o‘zi ham “Old Trafford”ni tezroq tark etish niyatida. Boisi, u ushbu jamoada etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti.

Ma’lumot uchun, Marsyal joriy mavsum MYu safida jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!