
“Manchester Yunayted” Matani qachon sotishi ma’lum bo‘ldi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi rahbariyati jamoaning ispaniyalik yarim himoyachisi Xuan Matani yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib yuborishni rejalashtirishmoqda.
Agar mankuanliklar yozda 23 yoshli Anderson Taliskni o‘z safiga qo‘shib olishni uddalashsa, u holda Mata jamoani tark etadi. Bu haqda Fanatik nashri xabar tarqatmoqda.
Huquqiy jihatdan “Benfika”ga tegishli bo‘lgan, ammo, mavsumni “Beshiktosh” safida ijara asosida o‘tkazayotgan Taliskning transfer narhi 25 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar