Maradona: Ikardi – xoin!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinaning eng mashhur futbolchisi, 1986 yilgi jahon chempionati g‘olibi Diego Maradona "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini tanqid qilish barobarida Pele va Gabriel Batistuta haqida ham fikrlarini bildirdi.

 

- Ikardi - xoin, - dedi Diego Maradona. - Do‘stining uyiga ziyofatga kelib, uni xotinini yo‘ldan urgan odam xoin bo‘ladi. Ikardi Maksi Lopesga xiyonat qildi. U hali futbolda ham hayotida ham bunga javob beradi. Maydonda esa u Batistuta darajasiga ham chiqolmaydi. Bitta Batistuta o‘nta Ikardidan yaxshi zo‘r edi. Meni Pelega qiyoslashadi. Pele buyuk futbolchi meni u bilan taqqoslashlarini istamayman.

Ma’lumki, Lopes va Ikardi qalin do‘st bo‘lgan. Biroq, Lopesning rafiqasi Vanda Nara Ikardi bilan yurib ketganidan keyin ularning munosabati buzildi. Ikardi 2014 yili Naraga uylandi.

Mana shu mojaro tufayli Ikardi Argentina terma jamoasida to‘p surish imkonidan mahrum bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!