Mariya Sharapova: Men ko‘raman deb kelganingiz uchun afsusdaman!

Rossiyalik Mariya Sharapova Mayami shahridagi turnirni jarohati bois o‘tkazib yuborayotgani yolg‘on deya xabar tarqatgan bir muxlisga javob qaytardi.

"Odatda men jarohatlarimni muhokama qilishni yoqtirmayman, bu har bir sportchining shaxsiy ishi. Biz tennischilar tezroq sog‘ayib, kortga chiqishni xohlaymiz.  Men har qanday musobaqa oldidan jarohatim bo‘lsa va u erda ishtirok etishga ko‘zim etmasa, mazkur turnirga bormayman.

Indian-Uellsdagi ilk o‘yinimga yarim soat qolganda elkam bezovta qildi. Bundan tashqari shifokorlar mening o‘pkamda o‘zgarish borligini ta’kidlashdi va uch hafta davomida hech qaerga uchishim mumkin emasligini aytib o‘tishdi.

Shu sababli ham meni ayblashga sizlarda asos yo‘q! Albatta, mening o‘yinimni ko‘raman deb ikkita chipta olganingiz uchun achinaman," - deydi Mariya.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!