Mariya Sharapova qachon kortga chiqishi aniq bo‘ldi

Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bahslarning boshlanish vaqti aniq bo‘ldi. Bu haqda musobaqa sayti xabar bermoqda.

Musobaqaning birinchi davra bahslaridagi ilk uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 5:00 da boshlanadi. Ushbu uchrashuvlarning biri rossiyalik Mariya Sharapova hamda britaniyalik Xerriet Dart o‘rtasida o‘tadi.

E’tiborlisi, musobaqaning dastlabki kunida 8 nafar rossiyalik tennis malikalari kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!