Mark-Andre Ter Shtegen: "Real" Ronaldusiz ham kuchli

  • 02.08.2018 18:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga o‘tib ketgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Menimcha ularda shundoq ham ajoyib jamoa yig‘ilgan. Ularga qarshi xatto Ronaldusiz ham o‘ynash qiyin. U “Real”ning ko‘plab g‘alabalarida asosiy rolni o‘ynagan futbolchi edi. Biroq hozir biz birinchi navbatda o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz lozim. Agar bizda o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch bo‘lsa, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, - deydi germaniyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 9 yillik faoliyatidan so‘ng “Real”ni tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!