Markizio "Monako"dan qo‘nim topishi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio faoliyatini “Monako”da davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli italiyalik futbolchi ayni damda Monte-Karlo shahrida bo‘lib turibdi va u yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash arafasida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Markizioga PSJ, «Nitstsa» va «Monreal Impekt» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar