Markizioga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 23.08.2018 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli italiyalik futbolchiga Lissabonning "Sporting" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Markizio uchun shuningdek “Atletiko” Madrid hamda “Monako” klublari ham kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Klaudio Markizio ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!