Marselo "Real"dan ketish istagini bildirmoqda

  • 03.09.2018 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo jamoadan ketish istagini bildirmoqda. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi "Santyago Bernabeu"dan "Yuventus"ga yo‘l olmoqchi. Ta’kidlash kerakki, bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan til topisha olmayotgan Marselo sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning ortidan Turin super klubiga ketishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida “Yuve” ham futbolchini qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum La Ligada 4ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!