Marselo: Vinisus hali ham yosh bola

  • 6 sentabr, 2018, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo jamoaga yangi kelgan hamyurti Vinisus Junior “qirollik klubi” bilan g‘alabalarga erishishiga ishonmoqda.

Tecno

“Vinisus hali ham yosh bola. Men “Real”ga kelganimda 19 yosh edim. O‘shanda meni katta yigit deb aytishgan. Lekin hozir tushunib etdimki, o‘shanda men ham bola bo‘lganman.

Vinisus hali ko‘p narsani bilishi va kattalarga quloq solishi kerak. U bilan ko‘pincha Ramos va Kazemiro gaplashadi, shuningdek men ham. Uning “Real”da muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 18 yoshli Vinisusni 45 million evroga soti oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!