Marselo el-klasikogacha sog‘ayishi kutilmoqda
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo bo‘lajak 3ta o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tibbiy tekshiruvlardan so‘ng 30 yoshli braziliyalik futbolchining o‘ng oyoq mushaklari shikastlangani aniqlangan. Eslatib o‘tish lozimki, u La Liganing o‘tgan turida “Sevilya”ga (3:0) qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda Marselo “Atletiko” (29 sentyabr), TsSKA (2 oktyabr) va “Alaves”ga (6 oktyabr) qarshi o‘yinlarda “Real”ga yordam bera olmaydi. U katta ehtimol bilan 20 oktyabrda bo‘ladigan“Levante”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Qayd etish kerakki, ushbu uchrashuvdan so‘ng oradan 8 kun o‘tgan, ya’ni 28 oktyabr kuni “Real” “Barselona”ga qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar