Martin Kaseres qiynalib ketdi
“Yuventus” klubi sobiq himoyachisi Martin Kaseres hamon o‘ziga yangi jamoa qidirish bilan ovora.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, urugvaylik futbolchi o‘z faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga “Sautgempton” qiziqish bildirgan. 29 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun “tumanli albion” keladi.

Ayni vaqtda Kaseres erkin agent bo‘lgani uchun istagan jamoaga qo‘shilishi mumkin. Buning uchun transfer oynasini kutish shart emas.
Avvalroq Kaseres “Milan” bilan muzokaralar o‘tkazdi, ammo tomonlar moliyaviy shartlarni kelisha olmadi. Shuningdek, urugvaylik futbolchi “Lokomotiv Moskva” bilan ham muzokara olib borgan.

Fikrlar