“Mash’al” – “Qo‘qon-1912”. Ustunlik muboraklik futbolchilar tomonida

  • 13 aprel, 2017, 09:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi chempionatining navbatdagi uchrashuvini Muborakda “Mash’al” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati juma kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinga doir statistik ma’lumotlar taqdim qildi.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar Oliy ligada 10 bora to‘qnash kelishgan. “Mash’al” oltita bahsda g‘alaba qozongan. 2 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. “Qo‘qon-1912” hisobida 2 ta g‘alaba mavjud.  To‘plar nisbati 18-9 muborakliklar foydasiga. “Mash’al” o‘zaro o‘yinlarda 20 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912” da 8 ochko bor.

Muborakda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

26.06.2016 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0

25.04.2015 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 3:0

20.09.2003 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 3:2

02.11.2002 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0

15.04.1995 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0

Sobiq futbolchilar

Ushub mavsumni “Mash’al”da o‘tkazayotgan Abdullox Olimov o‘tgan yili “Qo‘qon-1912” klubida to‘p surgandi. Juma kuni u sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘z navbatida mavsum arafasida safimizga kelib qo‘shilgan Jamshid Hasanov esa mavsum-2016da “Mash’al” tarkibida harakat qilgan. Jamshid ham o‘zining sobiq klubiga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega.

Hakamlar

14 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi hakamlari ma’lum bo‘ldi. Juma kuni o‘tkaziladigan bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Oliy liga, 6-tur

14 aprel (juma)

«Mash’al» (Muborak) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)

Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)

Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: B. Haydarov.

Boshlanish vaqti

Mazkur o‘yin 14 aprel kuni soat 17:30da boshlanadi. Bugun esa bu ikki jamoa o‘rinbosarlari maydonga tushishadi. Uchrashuv soat 16:00da boshanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!