"Mash’al" "Roma" va "Napoli" hamkorlik qiladigan kompaniya bilan bitim tuzdi

  • 20.03.2018 15:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumda barcha yo‘nalishlarda yangiliklarga qo‘l urayotgan «Mash’al» jamoasi mavsum starti oldidan yana bir yangilikka qo‘l urdi. Endilikda «gazchilar» uy safar tizmida bo‘ladigan barcha bahslarda Italiyaning mashhur «Kappa» kompaniyasi brendi tushirlagan yangi liboslardan foydalanadi. Kompaniyaga 1916 yilda asos solingan bo‘lib, butun dunyoda sport kiyimlari etkazib beradi.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Turinda joylashgan. Hozirda ushbu komaniya Italiya chempionati vakili bo‘lagan, «Roma», «Napoli», «Jenoa», «Kalyari», «Udenezi» kabi klublar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Endilik «Mash’al» klubi ham ushbu kompaniya bilan bir yil hamkorlikni amalga oshiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!