“Mash’al” mashg‘ulotlarni Muborakda olib bormoqda

  • 16.01.2019 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Muborakning “Mash’al” klubi ham qolgan jamoalar singari yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Aleksandr Xomyakov shogirdlari 10 yanvardan o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarga kirishishgan. Jamoa hozirda asosan jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash ustida ish olib bormoqda. Dastlabki yig‘in 20 yanvarga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan.

So‘ngra muborakliklar futbolchilarga bir kunga dam berishadi va 22 yanvardan ikkinchi yig‘inga kirishiladi. Ikkinchi yig‘in 2 hafta davom etishi mo‘ljallanangan. Ikkinchi yig‘in davomida 2 ta nazorat o‘yini ham tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!