Massimiliano Allegri: MYudan uchralgan mag‘lubiyat bizga foyda keltirdi

  • 12.11.2018 14:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kecha bo‘lib o‘tgan "Milan"ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Manchester Yunayted”dan uchralgan mag‘lubiyat bizning foydamizga xizmat qildi. Biz undan to‘g‘ri saboq oldik. “Milan”ga qarshi bahsda nisbatan hamjixatroq o‘ynadik va gol o‘tkazmaslikka harakat qildik.

Aytishim lozimki, ba’zan yaxshi o‘yin ham g‘alaba keltirmasligi mumkin”, - deydi Allegri.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” ayni damda 34 ochko bilan A Seriyada yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!