
Mauritsio Sarri: "Tottenxem" bizdan kuchliroq edi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri kecha "Tottenxem"dan (3:1) uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
“O‘yinni judayam sust boshladik va bu keyinchalik bizga muammolar olib keldi. Biz judayam yomon o‘ynadik. “Tottenxem” – qarshi hujumlarda o‘ynash bo‘yicha Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Ular bu g‘alabaga haqli edilar. Ular bizdan kuchliroq edilar”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bu Sarri boshqaruvidagi “Chelsi” uchun APLdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. “Aristokratlar” ayni damda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar