
Mavsumni premer-ligada boshlagan Fabregas uni A Seriyada yakunlashi mumkin
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas davralar oralig‘ida “Milan”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Football Italia nashrining xabar berishicha “rossonerilar” ayni damda 31 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan bu borada faol muzokaralar o‘tkazmoqda. Qolaversa, uning o‘zi ham barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Fabregas joriy mavsum “Chelsi” safida jami 9ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2019 yil o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar