Meksikada JCh-2018 uchrashuvi vaqtida 14 kishi o‘ldirib ketildi
Meksikaning Syudad-Xuares shahrida 14 kishi qurolli kishilar hujum oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar beradi viportal.co nashri. Hujum tashkil qilingan vaqtda muxlislar JCh-2018 turniri doirasida Janubiy Koreya - Meksika (1:2) uchrashuvini tomosha qilayotgan edi.
Muxlislarga hujum oqibatida olti kishi halok bo‘lgan va ikkitasi jarohat olgan. Xuddi shu vaqtda notanish kimsa go‘zallik salonida o‘yin tomosha qilayotgan 5 nafar odamni o‘ldirgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum qilganlar ko‘k furgonda kelgan.
Politsiya bu bo‘yicha qidiruv ishlarini olib bormoqda. Shahar jahondagi eng xavfli hudud hisoblanadi. Iyun oyida bu erda 116 kishi o‘ldirib ketilgan.
Fikrlar