Menni Pakyao so‘nggi jangini Filippinda o‘tkazmoqchi
Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao avstraliyalik Jeff Xorn bilan bo‘ladigan revansh jangini Filippinda bo‘lishini istmoqda. 38 yoshli bokschining so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oyani amalga oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.
Avvalroq jang 12 noyabr kuni raqibining vatani Avstraliyada bo‘lishi ma’lum qilingan edi. Ammo keyinroq Pakyaoning vakillari jang 2018 yilga ko‘chirilganini aytishgan.
– Biz jangni Filippinda tashkil qilinishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Revansh Avstraliyada bo‘lmaydi, – deya Pakyaoning so‘zlarini keltiradi Boxing247 nashri. – Bu bizning davlatimiz turizmini ijobiy ta’sir qilishi kerak. Prezident ham bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, men ham so‘nggi jangimni shu erda o‘tkazishni istayman.
Eslatib o‘tamiz, bokschilarning birinchi jangi Avstraliyada o‘tgan va Pakyao ochkolar bo‘yicha Xornga imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar