"Mersedes" jamoasi MotoGP va WRC bo‘yicha Jahon chempionlarini sinovlarga taklif qilishni mo‘ljallamoqda

"Formula-1" bo‘yicha "Mersedes" jamoasi MotoGP va WRC bo‘yicha ko‘pkarra Jahon chempionlari  Valentino Rossi va Sebastyan Ojeni sinovlarga taklif qilishni mo‘ljallamoqda. 

"Mersedes" ijrochi direktori Toto Volffning fikrlariga qaraganda, bu kabi tadbirlar "Formula-1" poygalarining ommalashishi uchun xizmat qilar ekan.

- "Formula-1" hordiq chiqarish vositasi hamdir. Shuningdek, biz bolidlarimiz rulida Valentino Rossi va Sebastyan Ojelarning nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rishdan men ham juda mamnunman. Shu bilan birgalikda, menda ham ular ular uchun sinov kuni tashkilllashtirish fikri ham yo‘q emas, - deydi Volff motorsport.com nashriga bergan intervyusida.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!