Mertens ham Xamshik bilan birga Xitoyga ketishi mumkin

  • 9 fevral, 2019, 16:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" hujumchisi Dris Mertens ham tez orada "Dalyan Ifan"​ futbolchisiga aylanishi mumkin.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Xitoy klubi 31 yoshli belgiyalik futbolchiga yiliga 15 mln evro maosh va’da qilmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki Mertens neapolliklar safiga 2014 yil PSV Eyndxoven klubidan 10 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Dris Mertens joriy mavsum 27ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Qayd etish lozimki, bundan avvalroq “Napoli” klubining sardori Marek Xamshik ham "Dalyan Ifan"​ klubiga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!