Messi va Suares La Liga rekordini takrorlashlari mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchilari Lionel Messi hamda Luis Suareslar bugun bo‘lib o‘tadigan “Alaves”ga qarshi bahsda La Liganing ketma-ket 5ta uchrashuvida birga o‘ynab, kamida bittadan gol urishga erishgan hujum juftligi sifatida rekord o‘rnatishlari mumkin.
Ta’kidlash lozimki, argentinalik hamda urugvaylik futbolchilar chempionatning bundan avvalgi 4ta uchrashuvida ham asosiy tarkibda maydonga tushishgan va o‘z hisobiga birinchisi 5ta, ikkinchisi esa 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Ma’lumot uchun, bu boradagi rekord Bilbaoning “Atletik” klubi hujumchilari Xose Iraragorri va Gilermo Gorostizlarga tegishli. Aynan ushbu ikki futbolchi 1930/1931 yilgi mavsumda ketma-ket 5ta bahsda maydonga tushishib, o‘z hisoblariga 6 va 7tadan gol yozdirib qo‘yishga erishishgan.

Fikrlar