
Messining urayotgan gollari Keynni ruhlantiradi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn "Barselona" hujumchisi Lionel Messi erishgan natijalar haqida gapirib o‘tdi.
“U haqiqiy etakchi. Menimcha u va Ronaldu futbolda o‘rnatilgan standartlardan o‘zib ketishdi. Men ham xuddi ular kabi bir mavsumda 40, 50 va 60ta gol urishga harakat qilmoqchiman. Messi hammamiz uchun standartni o‘rnatib bo‘ldi. U hamon gol urmoqda va bu meni yanada yaxshiroq o‘ynashga undaydi”, - deydi angliyalik to‘purar.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” EChLning guruh bosqich 2-turida aynan “Barselona”ga qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar